10-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining “Barselona”ga qarshi kechgan dastlabki o‘yinida “Manchester Yunayted” himoyachisi Lyuk Shou avtogol muallifiga aylandi (0:1).
Bellashuvning 12-daqiqasida Luis Suaresning bosh bilan yo‘llagan to‘pi Shouga tegib David de Xea qo‘riqlayotgan darvoza to‘ridan joy oldi.
Opta’ning xabar berishicha, bu “mankunianlar”ning Chempionlar Ligasi tarixidagi 8-avtogoli hisoblanadi. Bu esa musobaqa antirekordidir. Qayd etish joiz, hech qaysi jamoa “Yunayted”chalik o‘z darvozasini bunchalik ko‘p ishg‘ol qilmagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)