Asli o‘zbekistonlik, hozirgi kunda Qozog‘istonda tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotgan Fattoh Shodiyev tashabbusi bilan “Shodiyev xalqaro fondi” jamg‘armasi Sirdaryo viloyati uchun 40 milliard so‘m ajratadi.

Foto: Getty Images

10-aprel kuni ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘ning qariyb 30 milliard so‘mi viloyatning maxsus hisob raqamiga kelib tushgan.

Mazkur mablag‘lar “Obod qishloq” dasturi doirasida chekka qishloqlarini obodonlashtirish, aholini turmush tarzini yaxshilash uchun yo‘naltiriladi.

Shuningdek, mablag‘ning bir qismi Xovos tumanida barpo etilayotgan Xovos city qurilishiga sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.