2019-yil 9-aprel kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ikkinchi Airbus A320neo samolyotini qabul qildi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi Airbus A320neo layneri 2019-yil 11-mart kuni O‘zbekistonga keltirilgan va reysga tushirilgan edi.
Ushbu layner ikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 yo‘lovchini (biznes klassda — 12 ta, ekonom klassda — 138 ta) tashishga mo‘ljallangan. Yangi samolyot yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi CFM International kompaniyasining LEAP-1A dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi fyuzelyaj konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli oldingilariga nisbatan 20 foizga tejamkordir.
Samolyotning parvoz masofasi 4,5 mingdan 5 ming kilometrgacha oshgan, bu butun Markaziy Yevropa mintaqasini parvozlar bilan ta’minlash imkonini beradi.
Izoh (0)