Yaqinda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan fuqarolarning reproduktiv bilimlari, reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq xususidagi tushunchalarini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi, bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Monitoring natijalarida o‘zbekistonliklar orasida farzand ko‘rish o‘rtasidagi tanaffuslar bo‘yicha xabardorlik darajasi yetarlicha emasligi ham o‘z aksini topdi. Tibbiy amaliyotda umumqabul qilingan me’yorlarga muvofiq, ushbu tanaffus kamida uch yil bo‘lishi kerakligidan respondentlarning faqatgina har ikkinchisi (46,3 foizi) xabardor ekanligi aniqlandi.
Bu aholi bilan ushbu yo‘nalishda doimiy tizimli targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligini ko‘rsatmoqda. Zotan, bu ona va bola salomatligini ta’minlash imkonini beradi.
Izoh (0)