7-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 31-turida “Sevilya” bosh murabbiyi Xoakin Kaparros “Valyadolid”ga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabasidan so‘ng oqqon kasalligi bilan og‘rishi haqida gapirdi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Surunkali oqqon kasalligiga chalinganman. Men oddiy hayot kechirishim mumkin. O‘z ishimdan rohatlanishni xohlayman. Davolanishni boshlaganimcha yo‘q.Kaparros 2017/2018-yilgi mavsum oxirida ham “Sevilya”ga bosh murabbiy bo‘lgandi. Bungacha u klubni 2000-yildan 2005-yilga qadar boshqargan. Yangi mavsum avvalida Pablo Machin jamoaga olib kelindi. 2019-yil 15-mart kuni esa u iste’foga chiqarilib, mavsum oxirigacha jamoani boshqarish Kapparos chekiga tushdi.Faoliyatimni davom ettirishim uchun imkoniyat yaratib bergan klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman.
Xoakin Kaparros, “Sevilya” bosh murabbiyi
Eslatib o‘tamiz, “Sevilya”ni 2017-yilda boshqargan Eduardo Berisso ham vaqtida oqqon kasalligidan aziyat chekkan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)