6-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/2 finali doirasidagi dastlabki uchrashuvda Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi “Ittihod” stadionida “Brayton”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuvdagi yagona gol 4-daqiqada “shaharliklar” hujumchisi Gabriel Jezus tomonidan kiritildi. Natijada “mankunianlar” “Brayton”ni kichik hisobda mag‘lub etib, musobaqa finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi yarim final o‘yini 7-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “Uotford” klubi “Vulverhempton”ga qarshi maydonga tushadi.
Angliya Kubogi
1/2 final bahslari
6-aprel, shanba
“Manchester Siti”—“Brayton” 1:0
Gol: 1:0 — 4 Jezus“Manchester Siti”: Ederson, Otamendi, Mendi (Stounz, 79), Uoker (Danilo, 46), Laport, Silva, Gundo‘g‘on, Bernardu Silva, de Bryuyne (Fernandinyo, 65), Sterling, Gabriel Jezus.
“Brayton”: Rayan, Daffi, Bernardo, Montoyya, Dank, Propper, Stivens, Bissuma (Lokadiya, 82), Knokert, Jahonbaxsh (Iskyerdo, 70), Myurrey (Andone, 66).
Ogohlantirishlar: Uoker (32), Jahonbaxsh (32), Danilo (50), Dank (72).
7-aprel, yakshanba
“Uotford”—“Vulverhempton” 20:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)