Krasnodar o‘lkasidagi Leninskiy tuman sudi o‘ndan ortiq rossiyalik ayollarning husnini jarrohlik amaliyoti orqali buzib qo‘ygan va qochib ketgan ukrainalik soxta jarrohni topib, hibsga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qildi.
U Isroilga uchib ketmoqchi bo‘lgan paytida aeroportda ushlangan. Sud uni ikki oyga hibsga olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi ayollar jarrohlik tufayli burunlarining tepa qismidan va ko‘kraklarining bir qismidan ayrilgan. Hattoki bir bemor operatsiya paytida vafot etgan.
Keyinchalik “jarroh”ning barcha diplomlari va klinikaning litsenziyasi soxta ekanligi aniqlandi.
Avvalroq, rossiyalik ayollarni badbashara qilgan ukrainalik soxta jarroh qochib ketgani haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)