A Seriya. Ronaldusiz “Yuventus” “Milan”ni taslim qildi (video)
6-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 31-tur uchrashuvlariga start berildi.
Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan” jamoasi bilan jang qildi.
Bellashuvning 39-daqiqasida “rossonerilar” hujumchisi Kshishtof Pyontek kiritgan goliga turinliklar Paulo Dibala (60, penalti), Moyze Kinning (84) goli bilan javob qaytardi. Natijada Turin klubi “Milan”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
A Seriya
31-tur bahslari
6-aprel, shanba
“Parma”—“Torino” 0:0
“Yuventus”—“Milan” 2:1
Gollar: 0:1 — 39 Pyontek, 1:1 — 60, penalti, Dibala, 2:1 — 84 Kin“Yuventus”: Shensni, Rugani, Bonuchchi, De Shilyo, Aleks Sandro, Bentankur, Spinassola (Pyanich, 61), Emre Jan (Hedira, 25), Bernardeski, Manjukich, Dibala (Kin, 66)
“Milan”: Reyna, Kalabriya (Katron, 85), Romanyoli, Musakko, Rodriges, Kessie, Chalxano‘g‘lu, Borini, Bakayoko, Suso (Kastilyexo, 76), Pyontek
Ogohlantirishlar: Bernardeski (41), Musakko (59), Chalxano‘g‘lu (77), Manjukich (86)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!