3-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 30-turida “Real” “Valensiya”ga yutqazib qo‘ydi (1:2).
Madridliklar joriy mavsum barcha musobaqalarni hisoblaganda 49 ta uchrashuvda o‘z darvozasidan 60 ta to‘p olib chiqdi.
Opta’ning xabar berishicha, bu La Liga klublari orasida ikkinchi eng yomon natija hisoblanadi. “Sevilya” ham “Real”dan farqli o‘tgan 52 ta o‘yinda 60 ta gol o‘tkazib yuborgan.
“Ueska” joriy mavsum qolgan jamoalarga nisbatan ko‘proq to‘p o‘tkazgan — 32 ta bellashuvda 61 ta gol.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)