Xorazm viloyatida joriy yil 5—6-aprel kunlari xalqaro investitsion forum o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Forum chet ellik investorlarni jalb qilish imkonini beradi. Ayni paytda Urganch shahri markaziy ko‘chalari forumni ifodalovchi bannerlar bilan bezatilgan. Mehmonlarni yuqori darajada kutib olish uchun barcha sharoit yaratilgan. Xalqaro forum sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va ijtimoiy soha kabi to‘rtta yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi.
Sanoat yo‘nalishida tashrif buyuradigan investorlarga avtomobilsozlik, muqobil energiya, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida paxta klasteri va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalar taklif qilinadi. Viloyatda quyosh panellari, intensiv mevalarni yetishtirish, ularni qayta ishlash borasida keng ko‘lamli shartnomalarni imzolashni rejalashtirilmoqda.
Viloyat hokimligi tomonidan forumda ishtirok etish ishtiyoqini bildirgan xorijiy davlatlar, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Malayziya investorlari uchun taklif etilajak loyihalar O‘zbekistonning xorijiy elchixonalari orqali yetkazilgan.
Izoh (0)