2-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 33-turida “Manchester Yunayted” safarda “Vulverhempton”ga imkoniyatni boy berdi (1:2).
Mazkur uchrashuvning 57-daqiqasida Eshli Yang maydondan chetlatilgandan so‘ng, Ole-Gunnar Sulsher jamoasi maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.
Bu “mankunianlar”ning so‘nggi 4 ta uchrashuvdagi 3-mag‘lubiyati bo‘ldi. Avvalroq klub premyer ligada “Arsenal”ga (0:2), Angliya Kubogida esa yana o‘sha “bo‘rilar”ga yutqazgandi (1:2).
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28-mart kuni Sulsher “Manchester Yunayted”ning to‘laqonli bosh murabbiyi etib tayinlangandi.
Ma’lumot uchun “qizil iblislar”ni aprel oyida qiyin uchrashuvlar kutmoqda:
10-aprel
“Manchester Yunayted”—“Barselona” (YChL)
13-aprel
“Manchester Yunayted”—“Vest Hem” (APL)
16-aprel
“Barselona”—“Manchester Yunayted” (YChL)
21-aprel
“Everton”—“Manchester Yunayted” (APL)
24-aprel
“Manchester Yunayted”—“Manchester Siti” (APL)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)