Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Turkiyada o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining farzandlariga har oy 10 ming dollar nafaqa to‘lanishini ma’qulladi. Bu haqda The Washington Post ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Shuningdek, ularning har biriga Jidda shahrida 4 million dollar turadigan uy taqdim etildi. Bu choralar ularga nisbatan adolatsizlik qilinganinihg tan olinishi, yo‘l qo‘yilgan xatoni o‘nglashga harakat sifatida baholanmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, Saudiya rasmiylari jurnalistning ikki o‘g‘li va ikki qiziga qo‘shimcha “o‘nlab million dollar” to‘lab berishi ham mumkin. Buning uchun ular yaqin orada yakuniga yetadigan otalarining o‘ldirilishi bo‘yicha sud jarayonida saudiyalik yuqori martabali mansabdorlarni afv etishlarini so‘rashlari kerak bo‘ladi.