31-mart kuni Saudiya Arabistonining shimoli-g‘arbiy qismida havo harorati pasayib ketdi va tog‘li hududlarda qor yog‘di, deb xabar berdi “Azon.uz”.
Jabal Lauz tog‘ida yakshanba kuni kunduzi qor yog‘a boshlagan va kechga borib Iordaniya bilan chegaradosh hudud oppoq qor bilan qoplangan.
Ertasi kuni mahalliy aholi qor manzarasidan bahramand bo‘lish uchun tog‘ tomon otlangan. Qiziquvchilar soni ko‘p bo‘lganidan yo‘llarda transport harakatini tartibga solish uchun yo‘l patrul xizmati xodimlari jalb etilgan.
Bundan tashqari, fuqaro mudofaasi va tez tibbiy yordam xizmati xodimlari ham xizmatda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Jabal Lauz tog‘ida oxirgi marta fevral oyining o‘rtalarida qor yoqqan.
Izoh (0)