Rossiyada josuslikda gumonlanib hibsga olingan Norvegiya fuqarosi Frude Berg Rossiya suvosti kemalari haqida ma’lumot to‘plagan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bu ayblov Moskva shahar sudida prokuror Milana Digayeva tomonidan bildirilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Berg Rossiya dengiz flotining yadroviy suvosti kemalari haqida ma’lumot yig‘gan.
Prokuror, shuningdek, Berg Norvegiya josuslik xizmatida ishlaganini ham ta’kidlab o‘tgan.
Ammo Berg sud jarayonida bu ayblovlarni tan olmagan.
Izoh (0)