Health Effects Institute norasmiy tashkiloti 2017-yilda iflos havo tufayli o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar reytingini tuzdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Politeka

Reytingda birinchi o‘rinni Xitoy va Hindiston egallagan. Ularning har birida 1,2 million o‘lim qayd etilgan. Shuningdek, yuqori o‘ntalikka Pokiston (128 ming o‘lim), Indoneziya (124 ming), Bangladesh (123 ming), Nigeriya (114 ming), AQSh (108 ming), Rossiya (99 ming), Braziliya (66 ming) va Filippin (64 ming) kirgan.

Xabarda aytilishicha, 2017-yilning o‘zida atrof-muhitning ifloslanishi tufayli qariyb uch million kishi vafot etgan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, ifloslangan havo yurak kasalliklari, surunkali nafas yo‘li kasalliklari, o‘pka infeksiyalari va saraton kasalligi rivojlanishining xavfini oshiradi.