Amerikaning Fotography Life tashkiloti mashhur National Geographic nashri uchun O‘zbekistonda keng miqyosli tasvirga olish ishlarini olib boradi. Bu haqda UzDaily xabar beradi.
Fotosuratchilar 24 kun davomida O‘zbekistonning barcha viloyatlariga tashrif buyurib, mamlakatning eng yaxshi sayyohlik manzillari va yo‘nalishlarini tasvirga oladi.
Delegatsiya tashrifi O‘zbekiston Respublikasi barcha viloyatlar hokimliklari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasining Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.
National Geographic jurnali — 1888-yil oktabr oyida tashkil etilgan AQSh Milliy geografik jamiyatining rasmiy nashridir. Jurnal dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda va turli tillarda nashr etiladi. Ushbu nashr geografiya, tabiat, tarix, ilm-fan va madaniyat sohalari bo‘yicha ko‘plab fotosuratlar aks ettirilgan maqolalarga ixtisoslashtirilgan.
Izoh (0)