31-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 29-turi doirasida so‘nggi 2 ta uchrashuv yakuniga yetdi.
Luchano Spaletti boshqaruvidagi Milanning “Inter” klubi o‘z maydonida Simone Inzagi boshliq “Latsio” jamoasi bilan bahs olib bordi.
O‘yinning 13-daqiqasida Sergey Milinkovich-Savichning urgan goli rimliklarga g‘alaba keltirdi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
A Seriya
29-tur bahslari
“Bolonya”—“Sassuolo” 2:1
Gollar: 1:0 — 68, penalti, Pulgar, 1:1 — 90+1 Boga, 2:1 — 90+6 Destro“Inter”—“Latsio” 0:1
Gol: 0:1 — 13 Milinkovich-Savich“Inter”: Xandanovich, D’Ambrozio (Kandreva, 80), Miranda, Skrinyar, Asamoa, Vechino, Brozovich, Valero (Nainggolan, 74), Politano, Perishich, Balde (Mariu, 84)
“Latsio”: Strakosha, Felipe, Acherbi, Bashtush, Romulo, Milinkovich-Savich, Leyva, Alberto (Parolo, 67), Lulich (Durmisi, 87), Korrea (Kaysedo, 27), Immobile
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)