2019-yil 31-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Bryussel shahriga jo‘nab ketgan edi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.
2019-yilning 1-aprel kuni delegatsiya vakillari Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston paxta terimida qanday yo‘l bilan bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham bermoqda” mavzusidagi forumda ishtirok etgan.
Tashrif davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Human Rights Watch Xalqaro huquq himoya tashkiloti, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, Belgiya Bandlik vazirligi vakillari bilan uchrashib, mehnat sohasiga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Bryusselga tashrifi davom etmoqda.
Izoh (0)