Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi prokuraturasi va viloyat sog‘liqni saqlash vazirligi Novorossiyskdagi kasalxona shifokorlari tomonidan jarohatni parvarish qilish uchun tibbiyot yopishqoq lentasini qo‘llash o‘rniga, skotch yopishtirgani haqida ma‘lumot berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Avvalroq, “Novorossiysk bloknoti”da Novorossiysk shahrida istiqomat qiluvchi nogiron 1-shahar shifoxonasida davolanganligidan shikoyat qilgan. Unga u yerda yog‘li shishni olib tashlash uchun kichik operatsiya o‘tkazilgan. Operatsiyadan qolgan chuqur yara tikilmasdan, faqat bir nechta bo‘lak skotch bilan yopishtirilgan.

Bu haqda bemor uyiga qaytib kelib bog‘ichni almashtirish vaqti kelgan paytida bilib qolgan. U, shuningdek, jarrohlik amaliyoti tugaganidan so‘ng darhol kasalxonadan o‘z xohishiga binoan chiqib ketgan, chunki u yer unga boshqa chidab bo‘lmaydigandek tuyilgan. Operatsiya qilinganidan so‘ng tibbiy xodim unga e’tibor bermagan, u yotgan karavot shu zahoti sinib ketgan va u yerda nogironlar uchun hech qanday sharoitlar bo‘lmagan. Shifoxonaning o‘zi nashriyotga barcha tibbiy amaliyotlar tibbiy yordam standartlariga muvofiq ravishda amalga oshirilishini va klinika panduslar, liftlar va standartlarga mos karavotlar va matraslar bilan jihozlanganligi haqida aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi