28-mart kuni Bolgariyaning Plovdiv shahridagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida yuz bergan yong‘in oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi “Korrespondent”.
Xabar berilishicha, 60 nafar bemor evakuatsiya qilingan.
Prokuroratura ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in shifoxona xonalaridan birida boshlangan.
Hozircha mazkur hodisaning tasodif yoki qasddan sodir etilganligi noma’lum.
Izoh (0)