Vilnyus tuman sudi sobiq SSSR Mudofaa vaziri Dmitriy Yazovni 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deya xabar beradi “Meduza”.
U 1991-yilning 13-yanvar voqealari yuzasidan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topilgan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 1990-yilning oxirida Yazov Litvani SSSRga qaytarish va qo‘lga olinishi kerak bo‘lgan strategik hududlarning ro‘yxatini tuzishni buyurgan.
1991-yilning yanvar oyida uning rejasini amalga oshirish natijasida “Sovet Ittifoqi tomonidan agressiya va Litva qurolli to‘qnashuvi boshlangan”.
Bu ishda shuningdek jami 67 nafar Rossiya, Belarus va Ukraina fuqarolari ham ayblangan.
Izoh (0)