Polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Kadirov O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Doniyor Kadirov 2018-yilning martidan beri O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
IIVning ushbu boshqarmasi joriy yilning mart oyi boshida O‘zbekiston prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tashkil etilgan.
Izoh (0)