Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi talabalariga zamonaviy avtobus ajratildi, deya xabar beradi “Zarnews”.
Ushbu tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 11-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida bildirilgandi.
Avtobusni maktabga topshirish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va boshqalar ishtirok etdi.
Avtobus maktab talabalarining muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarga sayohatlarini amalga oshirish uchun taqdim etilgan.
Tadbir ishtirokchilari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Izoh (0)