Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya hukumati Bosh kotibi Yosixide Suga matbuot anjumanida Yaponiya hukumati Seulning Takesima orollari hududidagi dengiz tubini tadqiq etish rejalari sababli Koreya Respublikasiga norozilik bildirganini ma’lum qilgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: “Gazeta.ru”

Foto: “Gazeta.ru”

Bosh kotib ilmiy ekspeditsiyaga tayyorgarlik ko‘rilishiga oid ma’lumotlar Janubiy Koreyaning Milliy okeanografik tadqiqotlar instituti tomonidan Yaponiya hukumatiga kelib tushganini ma’lum qilgan.

“Bu (tadqiqot) Takesima orollarining hududiy tegishliligi bo‘yicha Yaponiya pozitsiyasi atrofida amalga oshirilishi mumkin emas”, — dedi Suga.

U Janubiy Koreya tomoni tadqiqotlar bilan bog‘liq “qat’iy norozilik”ni Yaponiyaga yuborganini qayd etgan.

Joriy yilning fevral oyida Yaponiya ham ushbu masala yuzasidan Janubiy Koreyaga norozilik bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda