25-mart kuni Nukus garnizonida qurib bitkazilgan yangi uylarning kalitlarini harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylariga topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakillari hamda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.
Nukus shahrida barpo etilgan 30 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uyda harbiylar va ularning oila a’zolari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil rejasi bo‘yicha 74 ta uy ipoteka krediti asosida, 21 tasi xizmat uylari sifatida qurilib, harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirilmoqda.
Tadbir davomida Nukus shahar madaniyat xodimlari ishtirokidagi konsert dasturi o‘tkazildi.
Izoh (0)