AdMe insoniyatning mehribonligi va yaxshi xislatlari aks etgan rasmlarni taqdim etdi.
To‘y kuni kelin-kuyov mehrob yoniga kelganida uysiz it kelinning fatasi ustiga yotib olgan. Yosh juftlik buni yaxshilik belgisi deb hisoblab, itni boqib olgan.
“Qo‘shnimning iti o‘g‘limning krossovkasini hovlidan olib, tishlab tashlagan edi. Ertasiga hovlimning chetidan mana buni topdim.”
Adam Braun muvaffaqiyatli biznesmen bo‘lgan. Lekin biznesini tashlab, Pencils of Promise xayriya jamg‘armasini tashkil etgan va Afrikada maktab qurgan.
Volontyorlar bo‘sh volyerlarni namoyish qilmoqda: “Hayvonlar uyini tozalash” aksiyasi davomida barcha hayvonlar uyga olib ketilgan.
Amerikadagi bir shaharchada tuzalmas kasalikka chalingan bola uchun sentabrda Rojdestvo nishonlandi. Chunki bola Rojdestvogacha yashamasligi mumkin edi.
Brownies & downieS — bu nafaqat kafe, balki nogiron insonlarning ijtimoiylashuvi uchun trening markazi hamdir. Muassasaning 30 tarmog‘idagi xodimlarning ko‘pi Daun sindromi bilan kasallangan odamlar.
Aligator hayvon sotuvchilarning qo‘liga tushib, dumidan ayrilgan. Keyin unga 3D-printerida yangi dum chiqarib berishgan.
12 yoshli Noa nogironlik aravachasiga mixlanib qolgan ukasi Lukas bilan birga triatlonda qatnashadi.
Bolakay noyob jigar kasaliga chalingan do‘stini qutqarish uchun kitob yozgan va muolaja uchun 1 million dollar yig‘gan.
98 yoshli urush faxriysi nogironlik aravachasi ucun pandus bo‘lmagani sabab, uyidan chiqmagan. Boshqa harbiylar yig‘ilib, pandus qurib bergan.
Tez yordam xodimlari o‘layotgan kishini kasalxonaga olib kelgan va undan nima yeyishni xohlashini so‘ragan. U muzqaymoq xohlagan. Tibbiyot xodimlari uning iltimosini bajargan.
Estoniyada hovlida yashaydiganlar ko‘p qavatli uyda yashagani uchun bog‘ yaratolmagan qo‘shnilariga olmalarni mana shunday qoldirib ketadi.
Fermerlar yigit sevgan qizining qo‘lini vertolyot bortida so‘rashiga yordam bergan: ular makkajo‘xori dalasida yozuv yozishga ruxsat bergan.
Izoh (0)