Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ikki oila rejimi Akayev va Bakiyev bilan jang qilib, hokimiyat tepasiga Jeenbekovlar oilasini olib kelgani uchun qirg‘iz xalqidan kechirim so‘radi, deya xabar beradi “24.kg”.
Bu haqda u 2002-yilning 17-mart kuni Aksi shahrida sodir bo‘lgan fojeaning qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimda so‘zlagan.
Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Jeenbekovlarning vazifalaridan biri — davlatni oilaviy sulola boshqaruvini qaytarish va Atambayevni olib tashlashdir.
Qirg‘iziston sotsial demokratik partiyasi rahbarining qayd etishicha, agar Asilbek Jeenbekov o‘z deputatlik mandatini topshirganida, Sooronbay Jeenbekov hozirda bunday muammolarga duch kelmagan bo‘lardi va uni oilaviy sulola boshqaruvini tiklashga urinishi uchun ayblashmagan bo‘lardi. “Endi parlamentni Asilbek Jenbekovni nazorat qiladi”, — dedi Almazbek Atambayev.
Bundan o‘n yetti yil muqaddam Jalolobod viloyati Aksi tumanidagi Bospiyek qishlog‘ida xavfsizlik kuchlari tinch namoyishchilarga o‘t ochgan. Olti kishi halok bo‘lgan. O‘shanda mahalliy aholi Qirg‘iziston hududini Xitoyga topshirishga qarshi chiqqan. Ommaviy tartibsizliklar aksiylik deputat Azimbek Beknazarovning hibsga olinganidan keyin boshlangan.
Izoh (0)