17-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 28-turi doirasida kunning dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Massimiliano Allegri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi safarda “Jenoa” bilan bahsga kirishdi.
Bellashuvda Stefano Sturaro (72) hamda Goran Pandev (81) ning kiritgan gollari mezbon jamoaga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa turinliklar mehmonda “Jenoa” bilan kechgan bahsda o‘z darvozasidan javobsiz 2 ta to‘p olib chiqdi va ochko yo‘qotdi (0:2).
Qayd etish joiz, “Yuventus” A Seriyaning joriy mavsumida 28-turga kelibgina ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.
A Seriya
28-tur bahslari
17-mart, yakshanba
“Jenoa”—“Yuventus” 2:0
Gollar: 1:0 — 72 Sturaro, 2:0 — 81 Pandev“Jenoa”: Radu, Zukanovich, Romero, Krishito, Pedru Pereyra, Lerager, Rolon, Radovanovich (Velozu, 75), Lazovich (Sturaro, 70), Sanabriya (Pandev, 60), Kuame.
“Yuventus”: Perin, Aleks Sandro, Bonuchchi, Rugani, Joau Kanselu (Bernardeski, 60), Pyanich, Bentankur (Spinazzola, 77), Jan, Kaseres, Manjukich (Kin, 73), Dibala
Ogohlantirishlar: Romero (3), Aleks Sandro (6), Kaseres (23), Pandev (82), Jan (85).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)