Shenchjen metropoliteni Futyan stansiyasida yuzni tanish orqali yo‘l haqi to‘lash tizimini sinovdan o‘tkazmoqda. Texnologiya 5G tarmog‘i asosida ishlaydi. To‘lov shunga ulangan hisobdan yechib olinadi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Futyan stansiyasidagi yo‘lovchilar to‘lovni amalga oshirish uchun turniketning oldiga maxsus planshet bilan yaqinlashishi kerak. Tizimdan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish va yo‘l haqi to‘lovi usulini kiritishi kerak.
Sinov davomida yo‘lovchilar ekranda o‘zlari haqidagi ma’lumotni, ya’ni yuzining rasmi, jinsi, yoshi va metroga kirib kelgan vaqtini ko‘ra oladi.
Tizim hozircha sinov tarzida ishga tushirilgan. Shenchjen metropoliteni bunday to‘lov tizimi boshqa stansiyalarda qachon ishga tushirilishiga aniqlik kiritmagan. Xabarda aytilishicha, to‘lovning bunday tizimi yo‘lovchilarning vaqtini tejaydi.
Futyan stansiyasidagi tizim Huawei 5G texnologiyasidan foydalanmoqda. Yuzni tanish uchun sun’iy aql algoritmlari ochiq foydalanishga mo‘ljallangan. Shenchjen metropolitenida yangi avlod tarmog‘i arzon narxda yuqori sifatli xizmat bilan ta’minlayotgani e’tirof etilmoqda.
Izoh (0)