Rossiyaning Omsk shahrida yo‘nalishli taksi haydovchisi yo‘lovchining o‘lishini sezgach, bekatga tashlab ketdi. Bu haqda Rossiya qidiruv-tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 9-mart kuni yo‘nalishli taksi haydovchisi “Flagman” savdo markazi yaqinida to‘xtagan va ko‘chaga 50 yoshli behush yo‘lovchini tashlab ketgan. Yo‘lovchi taksining salonida ketayotganida o‘zini yomon his qila boshlagan.
“Behush yo‘lovchini tashlab ketgan haydovchi uning boshini metall dastaga urib yuborib, shikast yetkazgan”, — deyiladi xabarda.
Haydovchi tez yordamga qo‘ng‘iroq qilmay ketib qolgan. Natijada yo‘lovchi ko‘chada vafot etgan. Uning o‘limi sababi o‘rganilmoqda.
Izoh (0)