14-mart, payshanba kuni “Sevilya” klubi Yevropa Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida “Slaviya”ga 3:4 hisobida yutqazib, musobaqani tark etdi.
Natijada klub bosh murabbiyi Pablo Machin iste’foga chiqarildi. Bu haqda “Sevilya”ning rasmiy saytida xabar berildi.
U 2018-yil yozidan beri jamoani boshqarib kelayotgandi.
Endi uning o‘rnini Xoakin Kopparos egallaydi. U klubni 2000—2005-yillarda boshqargan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)