Qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonning “Sariosiyo” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro S.N. yashirincha 80 quti sigaret olib o‘tayotgani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekistonga kirib kelish chog‘ida bojxona maskanlaridan o‘tayotgan fuqarolarning dastlabki majburiyati bu – ularning yonida bo‘lgan tovar moddiy boyliklari hamda valyuta qimmatliklarini yozma ravishda deklaratsiyalashdan iborat.
Biroq, qo‘shni mamlakatdan “Sariosiyo” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro S. N. o‘rnatilgan tartiblarni qo‘pol ravishda buzishga uringanligi aniqlangan.
Bojxona xodimi fuqaroni belgilangan tartibdagi nazoratdan o‘tqazgan. Natijada, uning boshqaruvidagi Opel Zafira rusumli yengil avtomashinaning o‘rindig‘i ostiga 80 quti sigaret yashirilganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)