AQSh moliya vazirligi Ukraina bo‘yicha Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: “Korrespondent.net”

Ro‘yxatga olti nafar jismoniy shaxs va sakkizta kompaniya qo‘shilgan.

AQSh, xususan, Rossiya Chegara xizmati rahbari o‘rinbosari Gennadiy Medvedevga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Shuningdek, “Okeanpribor”, Gorkiy nomidagi Zelenodolskiy kemasozlik zavodi, Yaroslav kemasozlik zavodi, “Konsul-Stroy” va bir qator Qrim korxonalari AQSh sanksiyalari ta’siriga uchradi.