Gvatemaladagi aviahalokatga guvoh bo‘lganlar samolyot qulashidan oldingi bir necha soniyalarni videoga olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Guvohlarning aytishicha, Т-28 samolyoti qiyin tryuklardan birini amalga oshirgach, daraxtga urilib, yo‘lga qulagan.
Video tasvirlardan ko‘rinib turibdiki, qulashdan oldin uchuvchilar tribunaga xavfli darajada yaqin joyga uchgan.
Shturvalda 54 yoshli Rodrigo Ibarguen va 55 yoshli Pablo Gilen bo‘lgan. Uchuvchilar kasalxonaga yotqizilgan. Lekin shifokorlar ularni saqlab qola olmagan. Ular kuyish va ko‘p joylari singani tufayli halok bo‘lgan.
OAVning ma’lumotlariga ko‘ra, Ibarguen uchun bu uchinchi qulash bo‘lgan.
Izoh (0)