Yaponiya hukumati Kuril orollarining janubiy qismida boshlangan harbiy mashqlarni nojoiz deb topganini diplomatik kanallar orqali Rossiya rahbariyatiga yetkazdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Taqdimnoma Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritilgan”, — deya ta’kidladi vazirlik vakili. “Mashg‘ulotlar Rossiya harbiy kuchlarini shimoliy hududlarda kuchaytirishga olib keladi, bu esa bizning mamlakatimizning orollar bo‘yicha pozitsiyasiga mos kelmaydi va bu noma’qbuldir”.
Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati Tokioda Kurillarning janubiy qismida Rossiyaning harbiy harakatlarini diqqat bilan kuzatib borayotgani va bu haqda ma’lumot to‘playotganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)