12-mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Atletiko Madrid” darvozasini 3 marta ishg‘ol qildi.
Portugaliyalik futbolchi mazkur musobaqada bitta jamoaga qarshi 2 ta o‘yinda het-trik qila olgan 2-futbolchi bo‘ldi, deb yozadi UEFA rasmiy sayti.
Hujumchi “Real” safida ham “Atletiko”ga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yinida 3 ta gol urib, het-trik qayd etgandi.
Musobaqa tarixida esa bunday natijaga birinchi bo‘lib “Shaxtyor” sobiq hujumchisi Luis Adriano erishgan. U Belarusning BATЭ jamoasiga qarshi 2 ta uchrashuvda ham het-trik qayd eta olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)