Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 12-mart kuni 8:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar 28 yoshli Zilolaning xonadoniga hojatxonadan o‘tuvchi shaxta orqali kirib, u yerdan 500 ming so‘m va televizorni o‘g‘irlagan. Shundan so‘ng aynan shu yo‘l orqali xonadonni tark etgan, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-bandi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarni aniqlash va ularni qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Shu munosabat bilan IIBB yerto‘la binolarining eshiklarini qulflash va uning yopiqligini muntazam tekshirish, shuningdek, xonadonlardagi shaxtalar eshiklariga ishonchli qulf o‘rnatishga chaqiradi.
Izoh (0)