Braziliyaning janubi-sharqida yanvar oyining oxirida yuz bergan suv ombori yorilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 200 kishiga yetgan, deya xabar beradi “TASS”.
Barcha qurbonlarning shaxsi aniqlangan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar soni 108 kishini tashkil qilgan.
25-yanvar kuni Minas-Jerays shtatidagi Brumadinyu shaharchasidagi metallurgiya sanoati chiqindilaridan iborat suvni ushlab turuvchi to‘g‘on barbod bo‘lgan. Yaqin atrofdagi uylarning aholisi evakuatsiya qilingan, loy oqimlari bir necha binolarni yo‘q qilgan. To‘g‘on tegishli bo‘lgan Braziliyaning Vale kompaniyasi xavfsizlik sababli, shu kabi 10 ta obyektdan foydalanishdan voz kechish niyati borligini e’lon qilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat oqibatida yuzaga kelgan ko‘plab o‘limlar to‘g‘on buzilgan vaqtda ogohlantiruv sirenalar ishlamaganligi bilan izohlanadi.
Izoh (0)