AQSh Kongressi Vakillar palatasining spikeri Nensi Pelosi prezident Trampning impichmentiga qarshi chiqdi, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
“Impichment mamlakatni jiddiy ravishda ajratib qo‘yadi va agar ikkala tarafda ham asosli biror narsa bo‘lmasa, biz bu yo‘ldan bormasligimiz lozim”, — dedi Pelosi.
Shu bilan birga, siyosatchi “mamlakat Trampning prezidentligining ikkinchi muddatidan tashqari har narsaga chidashi mumkinligini” qo‘shimcha qildi.
Demokratlar partiyasi vakillarining ba’zilari Trampning Rossiya bilan fitna tuzgani bo‘yicha prokuror Robert Myullerning tergovi tugamasdan oldin prezidentga impichment e’lon qilishni talab qilgan.
Izoh (0)