Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi “China Cup” musobaqasida qatnashadi. Mazkur musobaqaga jo‘nab ketish oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
Mazkur tadbir ertaga, 14-mart kuni soat 15:00 da O‘FA anjumanlar zalida boshlanadi. Anjumanda “China Cup” xalqaro musobaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarkibi e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, “China Cup” musobaqasi 21—25-mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tailand terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat bo‘ladi.
21—22-mart kunlari dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tsa, 25-mart kuni 3-o‘rin uchun bahs hamda final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
China Cup
21-mart, payshanba
Xitoy—Tailand
22-mart, jumaO‘zbekiston—Urugvay
25-mart3-o‘rin uchun bahs
25-martFinal
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)