“Ayaks” yarim himoyachisi Dushan Tadich Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda musobaqaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
30 yoshli xavbek musobaqa 1/8 finalining “Real Madrid”ga (4:1) qarshi kechgan javob uchrashuvida Tibo Kurtua darvozasini bir marta ishg‘ol qildi va 2 ta golga uzatma berdi.
U bu yo‘lda quyidagi futbolchilarni ortda qoldirdi:
- Romelu Lukaku — “Manchester Yunayted” (PSJga qarshi o‘yinda 2 ta gol)
- Mussa Marega — “Portu” (“Roma”ga qarshi o‘yinda 1 ta gol)
- Ugo Lyoris — “Tottenhem” (“Borussiya Dortmund”ga qarshi bahsda quruq o‘yin)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)