Amerikaning SpaceX kompaniyasiga tegishli Crew Dragon kosmik kemasi Yerga qaytdi va Florida sohillaridan 360 kilometr masofada Atlantika okeaniga qo‘ndi. Bu lahzani NASA Twitter’dagi akkauntiga joyladi.

Foto: NASA

Kema suvga qo‘nishidan avval unga samolyot hamrohlik qilgan, qutqaruv kemasi yaqinda kutib turgan.

Kapsula Yerga 136 kilogramm yuk, jumladan, ekipaj tomonidan Xalqaro kosmik stansiyada o‘tkazilgan ilmiy tajribalar natijalarini yetkazdi.