2018-yilning 3-dekabridan boshlab orbitada bo‘lgan 39-yoshli NASA astronavti Enn Makkleyn shu vaqt mobaynida sezilarli darajada o‘sdi, deb yozadi “TASS”.
“Men orbitaga ko‘tarilgan paytimdan beri ikki dyuym (besh santimetrdan sal ko‘proq)ga o‘sdim”, — deb yozgan amerikalik ayol skafandrni kiyib ko‘rganidan so‘ng o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Xabarda aytilishicha, Yaponiyaning JAXA aerokosmik tadqiqot agentligi gravitatsiyaning yo‘qligi sababli odamlar bo‘yi odatda taxminan 1—2 santimetrga o‘sishini aytgan.
Izoh (0)