Toshkent shahar IIBB YHXB hamda MIB Toshkent shahar boshqarmasi bilan bilan hamkorlikda MIB ish yurituvidagi ijro hujjatlari qarzdorlik undiruvi bo‘yicha qo‘shma reyd-tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qo‘shma tadbirning 30 kunida undirilgan jarima miqdori 11 761 746 865 so‘mni tashkil qildi. Jami 39 148 nafar qoidabuzar aniqlangan.
Toshkent shahar haydovchilarining boshqa viloyatlarda sodir etgan huquqbuzarliklari bo‘yicha 15 819 nafar haydovchidan jami 5 585 272 635 so‘m jarima undirildi.
Byuroning Toshkent shahar ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha YHXBning patrul xizmat avtomobillarida o‘rnatilgan avtomatik moslama yordamida 30 kunda 14 214 ta qoidabuzarlardan 4 656 064 202 so‘m jarima undirilgan. Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida esa 1 633 341 533 so‘m jarimalar undirilgan bo‘lib, jami 6 801 ta qoidabuzar aniqlangan.
Jarima maydonchasiga 54 ta avtotransport joylashtirildi.
Izoh (0)