Andijon viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamkorligida Andijon shahridagi “Yoshlar markazi” qoshida “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Mazkur maktabda tahsil olishi uchun oila qurish istagidagi 30 nafar yoshga kelin-kuyovlarning oilaviy hayot psixologiyasi, diniy va ahloqiy tarbiya, oilaviy-huquqiy munosabatlar, reproduktiv salomatlik hamda oila budjeti va iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv darslari yo‘lga qo‘yildi.
Ochilish marosimida viloyat hokimligining “Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish” masalalari kotibiyati mudiri M.Nizomova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi O.Yo‘ldoshev hamda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi boshlig‘i L.Jalolova so‘zga chiqib, bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar hamda yoshlarga kerakli tushunchalar berdi.
Izoh (0)