O‘zbekiston Bosh prokuroraturasi Otabek Murodov lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.
“Bu xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Bosh prokuror Otabek Murodov rahbarligida doimgidek faoliyat ketmoqda. Hech bir uydirma gapga o‘rin yo‘q!” – dedi Surayyo Rahmonova.
Bundan avval, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodovning iste’foga chiqarilgani va uning o‘rniga Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tayinlangani haqida xabarlar tarqalgandi.
Izoh (0)