5-mart, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 1-turi doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
“D” guruhidan joy egallagan O‘zbekiston vitse-chempioni Toshkentning “Paxtakor” klubi Eron maydoniga safar qildi. “Sherlar” mashhur “Ozodi” stadionida Tehronning “Persepolis” jamoasi bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida Marat Bikmayev hisobni ochgan bo‘lsa, 25-daqiqaga kelib Mario Budimir hisobni tenglashtirdi (1:1).
Shu tariqa toshkentliklar guruh bosqichining dastlabki o‘yinida mehmonda “Persepolis” bilan durang o‘ynadi (1:1) va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
OChL
Guruh bahslari
5-mart, seshanba
“D” guruhi
“Persepolis”—“Paxtakor” 1:1
Gollar: 0:1 — 5 Bikmayev, 1:1 — 25 Budimir“Persepolis”: Beyranvand, Halilzoda, Hussayni, Resan (Rafiy, 88), Nurollohi, Torobi, Kamyabinia, Shiri, Budimir (Ne’mati, 71), Nodiri, Alipur
“Paxtakor”: Quvvatov, Sayfiyev, Krimets, A’zamov, Alijonov, Sobirxo‘jayev (Simich, 85), Abdullayev, Hamdamov, Masharipov (Siddiqov, 77), Cheran, Bikmayev (Sergeyev, 60)
Ogohlantirishlar: Alijonov (21), Sayfiyev (22), Torobi (70), Hussayni (75)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)