• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hafta ijtimoiy muammolari: 2019-yilda Toshkentda uchar avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yiladimi?

    “Daryo” kolumnisti yangi ruknda o‘tgan haftada muhokama qilingan asosiy ijtimoiy masalalarga to‘xtalib o‘tadi.

    Eksport ko‘lamini kengaytiraylik

    Foto: Google Photos

    Hozir kim ko‘p — tashvishidan noligan ko‘p. Judayam kuyinchak odamman — hammaning dardiga yechim topgim keladi. O‘tgan hafta obunachi yig‘olmay kasod bo‘lgan gazetalar haqida yozdim. Ha, yil boshida obuna-yu, yil oxirida dehqonlar hosilini sotish muammosiga nondek o‘rganib qoldik. Men bugun ushbu muammoning yechimini beraman.

    Gazeta bilan poshshoniyam, pashshaniyam o‘ldirsa bo‘ladi, ammo mayda amaldorning yo‘talidan ham hurkadigan gazeta bilan pashsha o‘ldirgan ma’qul. Bundan tashqari, gazetaga tansiq mevalar o‘rash mumkin. Gap shundaki, Rossiya va uning sharqidagi davlatlarda bizning mevalarni ishtaha bilan yeyishadi. Serquyosh yurt mevasining tabiiy mazasi sharqiy yevropaliklarni mazaxo‘rak qilgan. Meva eksportchilarimiz xabar beradiki, u yevropalik xaridorlar o‘zbek mevasini o‘zbekcha gazetalarga o‘ralganligidan ajratib oladi. Qarangki, uchar sotuvchilar boshqa mamlakatlardan keladigan bemaza mevalarni ham o‘zbekcha gazetaga o‘rab qo‘ysa, xaridorlar talab ketayotibdi. Biz iqtisodda bozor munosabatlariga asoslangan pragmatik yo‘lni tanlaganmiz. Taklifim shundan iboratki, o‘tmayotgan gazetalar chop etilishi bilanoq qutilarga taxlanib, chet eldagi meva-sabzavotchi biznesmenlarga eksport qilinishi zarur. Taka bo‘lsa-da sut bersin.

    Ko‘p yillik va oz yillik daraxtlar

    Gavjum joyga daraxt ekdingiz. Ko‘p yillik daraxt. Uzoq-uzoqlarga ildiz otdi. Bir tomiri supermarketning tagida bo‘lsa, boshqasi bankning ostiga kirib ketgan. Vaqti kelib, daraxtni ag‘darishdan qiyin ish bo‘lmaydi, ishonavering. Uyoqqa ag‘darsangiz, katta bir inshootni qulatsa, buyoqqa ag‘darsangiz, bir to‘da odamni bosib qoladi. Yagona yo‘li — shoxlari va yuzadagi tomirlarini bitta-bittadan kesib, oxirida o‘zining ostiga arra solish. Darvoqe, shoxlarini kesib bo‘lgach, o‘zini manzarali daraxt sifatida ko‘z-ko‘z qilish uchun qo‘qqaytirib qo‘ysangiz ham bo‘ladi. O‘tgan-ketganlar tomosha qiladi, daraxt bormi — bor.

    Ixtiyor Abdullayev.

    Ixtiyor Abdullayev.
    Foto: “Gazeta.uz”

    Optimist bo‘lamiz, optimist. Qanchadan qancha tayinlovlar, vazifa almashtirishlar kechyapti. Kecha katta bir tashkilot rahbarligiga Eshmatjon Toshmatov tayinlansa, ko‘z yumib-ochguncha vazifasidan ozod etilib, Toshmatjon Eshmatov qo‘yilyapti. Eslab qolishga ham ulgurmaysan kishi. Haftaning eng muhim xabari kecha ma’lum qilindi. Ammo optimizm yaxshi-da. Ko‘p yillik daraxtni ko‘chirish osonmas. Ozroq tursayam manzara va hosilini ko‘raylik.

    Aytgancha, dono xalqimizning nozik idora ahlini “quda taraf” deb lutf qilishining lavhamizga aslo aloqasi yo‘q.

    Joriy yilda Toshkentda uchar avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    O‘tgan hafta “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosarining Jizzaxda Peugeot Citroën zavodining tomi, devori, poli borligi haqidagi bayonotini tabassum bilan o‘qidim. Ha, do‘stlar, tomi, devori va poli bor degani zavod ham deyarli tayyor degani. Yana qanday zavod — qo‘shma zavod. Bitta taqaning yoniga yana uchta qo‘shilib, usti butlansa, ot naqd.

    Foto: Peugeot

    Ma’lumot uchun: Jizzaxdagi Peugeot Citroën zavodi rejaga ko‘ra 2019-yildan boshlab 160 mingtadan mashina ishlab chiqarishi kerak edi. Aslini olganda, umidimizni puchga chiqargan Peugeot Citroën zavodi qurilishigina emas.

    Loukoster tashkil etilishi ishlari 2018-yilda yakunlanishi kerak edi. Ammo arzon aviakompaniya haqidagi orzular orzuligicha turibdi. Toshkentda yo‘l haqi to‘lovini avtomatlashtirish haqida naq to‘qqiz yil oldin va’da berilgan bo‘lsa (unda “Daryo” sayti hali tashkil etilmagani bois havola keltirmadik) haligacha “kutish rejimi”da. To‘g‘ri, insof yuzasida 2017-yilda yana ikki-uch marta va’da berildi.

    Muhtaram mutasaddilar. Joriy yilda uchar avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi va Toshkent metropoliteniga Hyperloop poyezdi keltirilishi haqida bayonot berishingiz mumkin. Biz barchasiga ishonamiz.

    Sarvar usta

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.

    Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:

    “O‘zing nima qilding?” “Kurakka suyandim”

    Yusufbek hojining smayligi

    “Fermer hokimni urganda nima bo‘lardi?”

    12.02.2019, 19:06   Izoh (0)   37918
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.