Checheniston xalq artisti San Jay yangi yil arafasida Zo‘r TV telekanali orqali “Karvon ko‘rdim” qo‘shig‘i bilan chiqish qilishi, ushbu qo‘shiq ilk bora telekanalda premyera qilinishi haqida telekanalda ma’lum qilingan edi.

Foto: “Daryo”

Ammo San Jay efirdan sababsiz olib tashlandi. San Jay nima sababdan efirdan olib tashlanganini bilish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad San Jay bilan suhbatlashdi.

Checheniston xalq artisti San Jay ushbu masalaga quyidagicha munosabat bildirdi.

Har doimgidek soqolim bahona bo‘ldi. Ammo ‘O‘zbekkonsert’ bilan gaplashganimda ‘Sizda litsenziyangiz bor, bemalol televideniye va radiolarda hamda boshqa tadbirlarda chiqish qilishingiz mumkin’ deyishgandi. Yaqinda ‘O‘zbekkonsert’ rahbari bilan gaplashganimda ham ‘sizni telekanaldan olib tashlashga hech kimning haqqi yo‘q’, degan edilar. Yangi yildan oldin Zo‘r TV telekanali ‘Faqat biz bilan ishlaysiz’ deb boshqa kanallarga borishga qo‘ymagan. O‘sha paytlar men hamma takliflarni Zo‘r TV sabab rad etganman. Ba’zi sabablarga ko‘ra Zo‘r TV’da ham, boshqa joylarda ham chiqish qilmadik. Ota-onam, barcha qarindoshlarim ertalab soat to‘rtgacha meni chiqishimni kutib o‘tirishgan. Eng qizig‘i, telekanal rahbariyati meni ‘tepadan qo‘ng‘iroq bo‘ldi, mumkin emas’ deb ogohlantirib ham qo‘yishmadi. Hattoki, oradan 2-3 kun o‘tib, qo‘ng‘iroq qilib, uzr so‘rashlari kerak edi. Ammo ular buni ham qilishmadi. Sozandalarim bilan birga bir hafta Zo‘r TV’ning yangi yil loyihasi ustida ishlaganmiz. Menimcha, ‘tepadan’ hech kim telefon qilmagan. Bu Zo‘r TV telekanali direktorinining ishi. Chunki bir kuni bizni qanaqadir tadbirga chaqirishdi. Men ‘band ekanligimni, haqiqatdan bora olmasligimni’, aytdim. Shundan keyin telekanal direktori mendan xafa bo‘lgan va ‘otkaz’ qilib yuborgan. Boshqa hech kimning aralashuvi yo‘q. ‘O‘zbekkonsert’ ‘sizda litsenziya bor’ deyapti-ku. Zo‘r TV telekanalidan juda xafaman. Chaqirishsa ham, pul berishsa ham endi men umuman  Zo‘r TV’ga bormayman. Sababini bilmasdan, kim bilandir aloqa to‘xtatib qo‘yish kerak emas.

San Jay, Checheniston xalq artisti