Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasiga Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 60 bosh, Rossiyadan esa 30 bosh zotdor tulpor keltiriladi.

Foto: Murod Komilov

Foto: Murod Komilov

Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulovning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda majmuada trenajyor zallari, otlarni parvarishlash uchun qishki va yozgi maxsus hududlar barpo etilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, endilikda temiryo‘lchilar tomonidan qisqa fursat ichida “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi faoliyatini rivojlantirish va tubdan takomillashtirish bo‘yicha bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.

Prezidentning 2019-yil 18-fevraldagi qarori bilan Yakkabog‘ tumanidagi “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufiga o‘tkazilgan edi.

Bundan avval Yakkabog‘dagi “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasida boqilayotgan otlarning ahvoli, ularning biz ko‘rgan, eshitgan zotdor otlarga sira o‘xshamasligi OAVda tanqid qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda